Kumush buyumlarni sotish

Assalomu alaykum! Dadam hayotlik paytlarida kumush qoshiq-vilkalar sotib olishgan edi, ularni ishlatishganini eslolmayman, yangidek tseyfda saqlanib turar edi. O‘qib ko‘rsam, kumush buyumlardan foydalanish mumkin emas ekan. Shunga shu qoshiq-vilkalarni sotib, pulidan foydalansak bo‘ladimi? Agar sotish mumkin bo‘lsa, musulmon odamga sotsak, ishlatish mumkin emasligi aytish shart hisoblanadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi, musulmon bo‘lmaganga soting. O‘zingizga ishlatish joiz bo‘lmaganidan keyin boshqasiga ham joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar