Iymon susligi

Assalomu alaykum! Namozlarim ko‘p qazo bo‘layabdi avval bitta qazo qilib qo‘ysam siqilib yurardim endi umumman beparvo bo‘lib qoldim avval xatto muboh ishlardanham ehtiyot bo‘lardim tobora dindan uzoqlashib borayotganga o‘xshayman Istihfor aytsa Alloh kechiradi deb bilgan ishimni qilayotganga o‘xshayman xozi xattoki Allohdan kechirim so‘rayverib so‘rayverib boshqa yuzxam qolmadi kechirim so‘rashga menga nasihat qiling Ahli ilmlarni maruza suhbatlarini eshitsam ham Ta’sir qilmayabdi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling. Solih insonlarni do‘st tuting ular bilan ko‘p suhbatlashing. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar