Kiber Sport joizmi

Assalomu alaykum! Hozirgi kundagi mavjud "Kiber sport" joizmi. Aytaylik, men "Mortal Kombat" o‘yini bo‘yicha "Xalqaro kiber sport chempionati"da qatnashishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dunyo va oxiratingizga foyda bo‘ladigan  kasb qiling. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ  Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar