O‘g‘lini qizg‘onadigan qaynona

Assalomu alaykum! Dugonam oilasi buzilish arafasida, juda siqilgan iltimos qilgan edilar aniq javob olish uchun sizlarga bog‘lanishimni. Dugonam juda sabri yaxshi ayol. Qaynonalari biroz o‘g‘illarini qizg‘onar ekanlar. Turmush o‘rtoqlari ish yuzasidan 1oy koreyada bir oy uylarida bo‘lar ekanlar. Koreyadaliklarida kelinlari bilan arzimagan narsadan urish chiqarib telefon orqali kelinlarini taloq berishlarini talab qilganlar. Qayta qayta onalik haqqlilarini talab qilaverganlar va telefon orqali qo‘ydim degizdirganlar. Dugonam turmush o‘rtoqlarini kutgan, kelganlaridan so‘ng ham vaziyat o‘zarmagan, oq qilaman deb turvoganlar. Va dugonam eshitmagan holatda eri onalariga “shunday qilsam tinch bo‘lasizmi” degan natijada bir lafzda 3 marotaba “taloq qildim” degan. Dugonam hozir uylarida turmush o‘rtoqlari bilan bir birlarini yaxshi ko‘rishadi. Domlalardan so‘rashsa boshqaga turmush qilib chiqishingiz kerak diyishibti. Bunday qilolmaman endi yo‘l yo‘q birga bo‘lishga deb turmush o‘rtoqlari siqilib yurgan ekanlar. Dugonam oilasi yo‘l yo‘q deyishgan bo‘lsa yuklarini olib kelamiz deyishsa qaynonasi ruhsat bermaptilar. Dugonam ham siqilib qolgan, domlalar shunday deganiga sizlardan ham so‘rab berishimni iltimos qildilar. Dugonamga birinchi qo‘ydim deyilgan va keyingi aytilgan 3taloq, 3taloqga o‘tadimi yoki ikki yoshni yana bir imkonlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushgan va birga yashashlariga shar’an ruxsat yo‘q, halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar