Sotib berib foyda olish

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimni telefon sotmoxchi ekanini bildim. Narxini sorasam 380$ bersen bo‘ldi dedi. Men uni sotib berish uchun internetdagi saxifamga 400$ deb joylashtirdim va 400$ ga telefon sotildi. Shunda 20$ foydamga do‘stim rozi bo‘ldi. Shu topkan foydam xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotib berishga vakil bo‘lish va sotib bergani uchun haq olish joiz. Faqat bu narsani sotishdan oldin mol egasi bilan kelishib olish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar