Uch narsani kechiktirmaslik hadisi

Assalomu alaykum! Bir do‘stim menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 3 narsani kechiktirmaslikni buyurganliklari haqida aytib qoldi, lekin ularni sanab berolmadi. Shu hadismi? Hadis bo‘lsa yozib bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رضي الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَهُ : "يَا عَلِيُّ ثَلَاثٌ لَا تُؤَخِّرْهَا الصَّلَاةُ إِذَا آنــَـتْ وَالْجَنَازَةُ إِذَا حَضَرَتْ وَالْأَيِّمُ إِذَا وَجَدْتَ لَهَا كُفْئًا"رواه الترمذي156 واللفظ له والبيهقي في الكبرى 7/133 وأحمد والحاكم Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey Aliy, uch narsani kechiktirma. Vaqti kirgan namozni, hozir bo‘lgan javnozani va teng chiqqan ayolni” dedilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar