Benikoh farzandlar taqdiri

Assalomu alaykum! Bir qarindoshim bor edi ular to‘y qilganlariga 105 yil bo‘ldi lekin nikohdan o‘tishmagan edilar. Afsuski ularning 3 ta farzandlari bor har ikkalasi ham endi nikohdan o‘tamiz deyishayabdilar. Savol shuki benikoh tug‘ulgan farzandlar shariyatda oilaviy kalimani aytib musulmon bo‘lishsa xammasi joyiga tushib ketadimi yoki qanaqadir benikoh farzandlar deb qiyomatda javobgarligi bormi? Xammasini joyiga to‘g‘rilab bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohsiz yashagan davrlaridagi aloqalar hammasi zino hisoblanib tug‘ilgan farzandlar nikohsiz tug‘ilgan bo‘ladi. Farzandlar nikohsiz tug‘ilgani uchun kofir yoki mushrik bo‘lmaydi, farzandlarning nasabi o‘sha otasidan bo‘ladi.  Cho‘zmasdan darhol nikoh o‘qitib olish kerak, tavba qilib solih amallarni ko‘paytirish lozim. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar