Inson xohishini Alloh yaratadimi

Assalomu alaykum! Aqiyda to‘g‘risidagi darslarni tinglaganimdan so‘ng menda bir savol tug‘ildi. Agar har bir narsani Alloh taolo yaratib vujudga keltirsa bizni xohish, irodalarini ham Alloh taolo yaratadimi? Agar shunday bo‘lsa bizning amallarimiz Allohning amri bilan bajarilgan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Barcha narsani Alloh taolo yaratgan, jumladan bandalarning amallarini ham. Har bir bandada juz’iy ixtiyor bor, u shunga ko‘ra o‘z amaliga javobgar bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar