Tarovex namozida joy band qilish

Assalomu alaykum! Shu ramazon oyi kunlari tarovex namoziga bazi odamlar vaxlirok chiqib, bo‘sh joylarni o‘zi va tanishlari uchun egallab olishadi, bazi birlari xattoki 5-6 kishilik joyni egallab olishadi va notanish bo‘lgan odamlar kelib qolishsa, bu joy band bu erga o‘tirmang deyishadi. Biz 20-30 minut oldinroq chiqsak xam masjidning taxmiman 20 foizi xali kelmagan odamlar uchun egallangan bo‘ladi, shu xolda biz bo‘sh joy topishimiz ancha qiyin bo‘lib qoladi. Shu odamlarni shaxsiy o‘ziniki bo‘lmagan Allohning uyi bo‘lgan masjiddan boshqalar uchun joy egallab o‘tirishlari mumkunmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. Sizlar birinchi borgan bo‘lsangizlar o‘sha erga haqlisizlar. Mabodo boshqalar kelib o‘tirishsa sizlarni haqqinglarni poymol qilgan hisoblanadi. Masjidda band qilib qo‘yish degan narsa mutlaqo yo‘q. Kim kelib o‘tirsa o‘shaniki, bo‘shashi bilan yana kelib o‘tirganniki bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar