Ustozimiz shogirdlariga

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang fidoiylari. Yaqindagina o‘qilingan kitob va bir tanishimizdan eshitgan gap meni sizlarga bu hatni yozishga undadi. Yaqin kunlarda men Hasanxon va Husaynxon Yahyolarning "Navoiydan chu topqaylar navoe" kitobini o‘qib juda xursand bo‘ldim. Va ramazon kunlarining birida bir tanishimiz aytib qoldilarki mana shu insonlar Qur’oni Karimni ham ma’no tarjimlarini yozayotgan ekanlar. Albatta bu holat bizlar uchun quvonarli holat va sizlarning barchalaringgizga Allohdan xayrli ishlarni tilab qolaman. Va ijozat etsanggiz sizga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchi edim. Albatta dinimizning eng nozik va eng qiziqarli qismi bu tasavvufdir. Uning adabiyotga ham ta’siri bisyor, yuqorida nomlari aytilgan azizlarimiz bu mavzuda ham o‘ta ilmli ekanlar, shu sabab tasavvufning mumtoz adabiyotimizdagi roli haqida ham bir risola tasnif qilinsa, biz yosh adabiyotshunoslar uchun ayni muddao bo‘lardi. Sizlarga Allohdan ikki dunyo saodatini tilab Akmal. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! E’tibor va takliflaringiz uchun tashakkur! Siz aytgan ishlarni qilish niyati bor, harakat ham boshlangan. Faqat hozircha ko‘proq boshqa ishlar bilan bandmiz. Duo qilib tursangizlar, siz aytgan ishlar ham ro‘yobga chiqib qolsa ajabmas. Hasan va Husay ibn Yahyo

26 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar