Aqiqami yoki sunnat to‘y

Assalomu alaykum! Farzandlarimga tug‘ilganida aqiyqa qilmaganmiz bilimsizligimiz tufayli xozirda ular 17 va 15 yoshda. Men Alloh nasib qilgan bo‘lsa aqiyqa qilib bermoqchiman, lekin ayrimlar aytishlaricha sunnat to‘yida qo‘y so‘ygan(bitta qo‘y) bo‘lsang o‘sha o‘tadi deyishayapti. Aqiyqani qurbonlik qilish bilan bitta qilib o‘tkazib go‘shtini tarqatsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘y so‘yishning o‘zi aqiyqa emas. Aqiyqa bir ibodat. Unga niyat qilinadi. Savob umid qilinadi. Qodir bo‘lsangiz qiling. Faqirlarning duosini oling. Qorni to‘qlarga ediraman deb marosimlar qilib o‘tirmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar