Xonaga it kirgani ehtimoli bo‘lsa
Assalomu alaykum! Odatda eshiklarni qulflab qo‘yamiz kechasi, kecha xam shunday edi adashmasam, lekin kecha subh kirishidan avalroq tasodifan uyimizga it kirganligini ko‘rib qoldim. Xech narsaga tegayotganini ko‘rmadim, shunchaki xovlida edi. Bir tarafi oshxonamizni ta’mirlayotganimiz uchun yana o‘zimiz it boqmaganimizgami extiyotsizlik qilib ko‘plab ro‘zg‘or idishlarimiz uncha katta bo‘lmagan (bo‘yi erdan uncha baland emas) sufa, stollarni ustida tashqarida qolgandi. Faqat yuvuqsiz idish qolsagina ustini maxkamlab berkitib yotayotgandik bir necha kundan beri. Qolganlarini usti ochiq qolgandi. Bundan tashqari obdasta, ba’zi bo‘sh chelaklarimiz erning o‘zida edi. Bularning xukmi qanday bo‘ladi, extimoliy it tekkan bo‘lishi mumkin deb xar birini tuproq bilan 7 marotaba yuvish kerakmi, yoki tegmagan deb gumon qilib(chunki xech qanday alomati yo‘q) ishlatsa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat ehtimolga emas aniq narsaga hukm chiqaradi. Qaysi bir idishga tekkanini aniq ko‘rmagan bo‘lsangizlar yuvishga ham hojati yo‘q. Mabodo qaysidir bir idishga tekkanini aniq ko‘rgan bo‘lsangiz uch marta yuvish bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar