Ishga pora berib kirish

Assalomu alaykum! Men shifoxonaga hamshiralikka ishga joylashmoqchiman lekin bu ishni pulsiz bitirib bo‘lmaydi, yani ishga joylashish uchun tepadagi shifokorlarni rozi qilish kerak bu esa pora berishga kiradi. Bu xarom qilinganligini bilaman. Lekin xozirgi kunda porasiz ish bitmaydi. Shunday paytda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pora bermasdan harakat qiling. Agar ishingizni orqaga surishsa kerakli joylarga shikoyat qilishingizni ayting. Natija bo‘lmasa o‘sha joylarga ayting. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar