Qo‘lni paxsa devorga artish

Assalomu alaykum! Menga namoz o‘qishni o‘rgatgan inson tog‘am bo‘ladilar. Namozdan oldin tahorat olishni o‘rgatgan vaqtida "avratingni yuvib bo‘lgach qo‘lingni pahsa devorga artib tuproqla" degandilar. Shundan buyon har tahorat olgan vaqtim qo‘limni devorga 1 urib qo‘yaman. Shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda uni qo‘ldagi hidni ketkazish uchun qilinadi. Qo‘lni suvlab g‘isht yoki paxsa devorga ishqalanadi. Sovundan ham foydalanish mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar