Shialar bilan juma namozi

Assalomu alaykum! Men bir masjidga juma namoziga kirsam atmosfera boshqacha. Tokchalarda har xil tangalar, kelganlar tangalarni olib sajda qilinadigan joyga qo‘yib o‘tirishyapti. Bildimki shia mashabidagilar(oldin eshitganman, masjidi ham bor ekan alohida). Ancha farq qilar ekan keyin qo‘shilib juma namozini o‘qidim. Boshida 2 rakat o‘qishdi keyin 4 rakat. Bularda sunnat yoki farz bormi yo‘qmi bilmadim lekin shu 6 rakatda ham imomga ergashishdi. Xullas men sajdaga ketganda sajdaga ketdim, qiyomda(qo‘lini bog‘lamay) turganda (men bog‘ladim). Shunga o‘qigan juma namozim qabul bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha kungi peshinning qazosini o‘qib qo‘ying. Jumangiz joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar