Juma kunida qabrni ziyorat qilish haqida hadis

Assalomu alaykum! Bir hadis o‘qib qoldim, kim har juma kuni ota onasining qabrini yoki qarindoshlarini ziyorat qilsa, roziligini topgan deb yozib qoyiladi deb aytgan ekanlar. Shu hadis sahihmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar nazdida, qabriston ziyoratiga dushanba, payshanba, juma va shanba kunlari borish eng afzalidir. Juma kuni namozdan keyin borilsa, yana ham yaxshi. Lekin ba’zi olimlar qabriston ziyoratiga biror kunni xoslamasdan boravergani yaxshi, deyishadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar