Al marketing

Assalomu alaykum! Al marketing mobil ilovasini telefonga o‘rnatib keyin uning xisobiga pul tushirasiz va bot o‘zi xoxlagan brendni reklamasiga sizni pulingizni sarflaydi va sizni reklamangiz orqali necha kishi tovar sotib olganini aytib turadi va sotilgan tovar pulidan ulush chiqarib beradi. Tushuntirilishi bo‘yicha reklamaga pul etkaza olmayotgan brendlarni siz kirgizgan pul evaziga reklama qiladi va foydani bir qismini ajratib beradi men xam shu orkali pul topishim xalolmi? (Pul kiritgan inson xech nima qilmaydi barchasini robot amalga oshiradi)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ularni qanchalik darajada ishonchli ekanligiga qarash kerak. Chunki hozirda internetdagi ko‘p ilovalar odamlardan pul yig‘ib olib banklardagi ribo amaliyotlarga pul tikib, foizi bilan olishadi. Olganidan o‘z ulushini olib qolib pul berganlarga falon ishga tikildi deb har xil yolg‘on tablitsa(jadval)lar va ilovalar taqdim qilishmoqda. Sizniki ham shunday bo‘lsa halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar