Samalyotda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Meni tijorat bilan shug‘ullanam ko‘p vaqtim samalyotda o‘tadi, shu vaqtda man samalyotda namoz o‘qishim mumkunmi? Samalyot ko‘tarilishi bilan peshin vaqti erga qo‘nguncha asr vaqti kiradi. Shuning uchun peshin namozini samalyotda o‘qisam bo‘ladimi? 2) Agar musofir yurtdan uchsam samalyotda o‘qigan namozni ham qasir qilib o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon topib o‘qishingiz shart. Samolyotda qasr qilasiz.
Samolyotda o‘qilgan namozning joiz bo‘lish, bo‘lmasligi borasida olimlar ixtilof qilganlar. Shuning uchun vaqti chiqib ketmasdan avval erga tushsa, erda o‘qib olgani afzaldir. Lekin vaqti chiqib ketadigan bo‘lsa, qiblaga yuzlanib namozini o‘qiydi. Muftiy Sa’iyd Polanpuriy «Imdodul fatavo» kitobining hoshiyasida: «Agar parvoz vaqtida qiblaga yuzlanish, qiyom, ruku’ va sajdaga qodir bo‘lsa, namozi shubhasiz sahih bo‘ladi» deganlar (Imdodul fatavo hoshiyasi, Kitobul fiqh alal mazohibil arbaa). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 268 | Turli savollar