Tahorat qistab namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Tahorati qistab namoz o‘qishning hukmi qanday? Bir odam “tahorati qistab namoz o‘qish, go‘yo to‘ng‘iz ustida namoz o‘qish bilan barobar” deb qoldi. Shu gap rostmi? Agar tahorat qistab namoz o‘qish joiz bo‘lmasa, bu hukm jamoat bilan o‘qiladigan namozga ham tegishlimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Muxtasar»ning muallifidan boshqa ulamolarimiz quyidagi narsalarni ham makruh deydilar:
18. Namozning vojib amallaridan birortasini qasddan tark qilish makruhi tahrimiydir.
19. Ruku’ga borayotganda va undan qaytayotganda ikki qo‘lni ko‘tarish.
20. Namozning sunnatlaridan birortasini qasddan tark qilish.
21. Ikkinchi rak’at qiroatini birinchi rak’atning qiroatidan uzun qilish.
22. Farz namozda bir surani ikkala rak’atida takror o‘qish.
23. Qur’ondagi tartibga xilof tartibda qiroat qilish.
24. Ruku’ va sajdada qiroat qilish.
25. Qo‘l bilan kiyim, badan va soqolni oz miqdorda ushlab harakat qilish.
26. Barmoqlarni bir-birining orasiga kiritish.
27. Ko‘zni yumib olish.
28. Behojat alanglash.
29. Ko‘zni osmonga qaratish.
30. Bir oyog‘ini ko‘tarib turish.
31. Hojat qistab turganda namoz o‘qish.
32. Tuflash.
33. Esnash.
34. Salomga ishora bilan alik olish.
35. Farzning keyingi ikki rak’atida sura yoki oyat qiroat qilish.
36. Yonib turgan olovga qarab namoz o‘qish.
37. Kiyimni kiymay, elkaga tashlab olib namoz o‘qish va boshqalar.(“Kifoya” kitobidan). Bu hukm jamoat bilan o‘qilgan namozga ham tegishli. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 165 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar