Plastik karta orqali fitr berish

Assalomu alaykum! Ramazon muborak bo‘lsin! Xamkasbimiz betob bo‘lib qoldi. Oilaviy sharoiti og‘ir ekan. Shu sababli, ishxonadagilar o‘zaro kelishib operatsiyasi uchun fitrni shu bo‘laga bermoqchimiz. Oylik ish xaqqimiz(100% plastik kartamizga tushadi) hisobidan plastik karta orqali (kartadan kartaga pul o‘tkazish orqali) fitrni amalga oshirsak bo‘ladimi? Yoki naqd pul bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Plastik karta orqali (kartadan kartaga pul o‘tkazish orqali) fitrni amalga oshirsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar