Ovqat eyish

Assalomu alaykum! Ustoz, men og‘ir atletika bilan shug‘ullanaman. Bizga tanamizning jismoniy holati yaxshi bo‘lishi uchun murabbiylarimiz ko‘p ovqat eyish kerakligini uqtirishadi (asosan guruch, ovsyanka, grechka, tuxum, tvorog, makaron kabi mahsulotlar). Chunki tanamizga oqsil, uglevod, yog‘lar hamda umumiy kaloriyalar soni etarli bo‘lishi kerak ekan. Men zararli mahsulotlarni iste’mol qilmayman, lekin eydigan kunlik ovqat hajmim tanishlarimnikidan birmuncha ko‘proq. Shu joizmi? Ba’zan tanishlarimdan namuncha ko‘p ovqat eysan degan gaplarni ham eshitib turaman, Sahobalar ozgincha ovqat eb ham kuchli jangchi bo‘lishgan deyishadi. Shunga ikkilanib qoldim. (Ramazonda doim ro‘za tutaman, ammo nafl ro‘zalarini deyarli tutmayman, 5 vaqt namozdamiz alhamdulillah)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning kasb va holatingiz shuni taqozo qilsa joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 157 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar