Qo‘lda bo‘yoq qoldiqlari

Assalomu alaykum! men ustaman mashinalarga bo‘yoq sepaman va bo‘yoq tayyorlash paytida qo‘limga ham bo‘yoq tegib ketadi iloji boricha ketgazishga harakat qilaman lekin barmoqning tirnoq bilan birlashgan joyida bo‘yoq qoldiqlari qolib ketadi ularni ketkazish uchun mahsus moddadan foydalanb malum bir vaqt sarflab yuvishimga to‘g‘ri keladi. Bir tanishim shu bo‘yoq qoldiqlari bor joylarni ketkazb keyin tahorat qilmasang tahorating tahorat bo‘lmay qoladi dedi. Bu borada shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat qilinganda yuviladigan a’zolarga suvni tegishiga to‘sqinlik qilgan narsani ketkazish shart. Aks holda tahorat ado bo‘lmaydi. Tanishingiz to‘g‘ri aytigan. Shuning uchun mashaqqat bo‘lmasligi uchun qo‘lqopda ishlashga harakat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 147 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar