Ayollarda ikkita shayton

Assalomu alaykum! Bilamizki shayton har bir insonda bor. Erkaklarda bita shayton bo‘lsa, ayollarda ili qizlarda 2ta shayton bo‘ladi. Bu qanchalik rost yolg‘on ekanligini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan bunday gapni borligini bilmaymiz. Quyidagi gap bor hadisda: عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَلِجُوا عَلَى الْمُغِيبَاتِ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنْ أَحَدِكُمْ مَجْرَى الدَّمِ. قُلْنَا: وَمِنْكَ؟ قَالَ: وَمِنِّي وَلَكِنَّ اللهَ أَعَانَنِي عَلَيْهِ فَأَسْلَمُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Eri g‘oyib ayollar oldiga kirmanglar. Chunki shayton har biringizning qon tomiringizda yuradi», dedilar.
Biz u zotga:
«Sizda hammi?» dedik.
«Menda ham. Lekin men Alloh yordam berib, salomat qolganman», dedilar».
Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 188 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar