Vitr namozidagi tashahhud
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namozni yangi boshlagan o‘quvchi sifatida savol berayapman, alhamdilullah bir yildan buyon namozni o‘rganib o‘qib kelmoqdaman. Namozni asosan Abdulhakim qori Komiljon o‘g‘lining «Namoz ibodati arkonlari» kitobidan o‘rgandim. Ushbu kitobda Vitr vojib namozini qisqacha bayon qilinganligi sababli, bir yildan buyon Vitr namozini uch ra’kat o‘qib, har bir ra’katda fotiha va zam sura, 3-ra’katda Qunut duosini ham o‘qib, sajda, tashahhud, salavot va duolarni o‘qib salom bilan vitr namozini tuguatganman. Ya’ni, mening xatoim vitr namozining 2-ra’katidan keyin tashahhud o‘qilishini bilmagan ekanman. Yaqinda tasodifan bilib qoldim, chunki bu kitobda to‘liq bayon etilmagan ekan. Savolim shuki, bir yildan buyon 2-ra’kat so‘ngida tashahhud o‘qimasdan Vitr namozini o‘qib kelayotgan ekanman, ushbu bir yillik Vitr namozlarim zimmamdan ado bo‘lganmi yoki qaytadan o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zimmangizdan ado bo‘lgan. Chunki ikki rak’atdan keyingi tashahhud vojib amal edi, uni tark qilish bilan namoz kamchilik bilan bo‘lsa ham ado bo‘lgan hisoblanadi. Endi unday qilmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar