Go‘zallik haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh taolo ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha: "Alloh go‘zaldir va go‘zallikni sevadi", degan hadisni ayni misollar bilan kengroq va batafsilroq izohlab bersangiz. Uning me’yori qanday bo‘lishi kerak? Go‘zallik va hasham tushunchalari o‘rtasidagi tafovutni shar’iy nuqtai nazardan ajrata olishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صلى الله عليه و سلم أمر عائشة أن تذبح شاة فقسمتها بين الجيران وكان أحب الشاة إلى رسول الله [ ص 121 ] صلى الله عليه و سلم الذراع فلما جاء رسول الله صلى الله عليه و سلم قالت عائشة ما بقي عندنا شيء إلا هذا الذراع فقال رسول الله صلى الله عليه و سلم كلها بقي إلا الذراع Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaga bir qo‘y so‘yishga buyurdilar. Oisha (uni so‘ydirib) qo‘shnilarga taqsimlab berdi. Qo‘ydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng suyukli joiyi qo‘li bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida Oisha : “Xuzurimizda qo‘yning shu qo‘lidan boshqa hech narsa qolmadi” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qo‘lidan boshqa hammasi(savobi zaxira bo‘lib) qolibdi” dedilar". Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar