Qarzga un olgandim

Assalomu alaykum! Men bir rus qo‘shnidan bir kosa un olgandim. Keyin esimdan chiqib ketibdi. Biror vaqt o‘tganidan keyin esimga tushib shundan un olgandim deb bir katta tarelkada manti olib chiqsam qo‘shnim o‘zi uyida yo‘q ekanlar. Uylaridan bir erkak chiqdi. Men ularning uyidagilarni tanimas edim chiqqan kimligini bilmadim. Qo‘shnim uyda yo‘qligini aytganidan keyin mantini shu chiqqan erkakka berdim. Shu olgan unimni o‘rniga o‘tarmikin? Qo‘shnim Amerikaga ko‘chib ketgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini topib roziligini oling. Hech topishni iloji bo‘lmasa nomidan ehson qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar