Quyidagi hollarda tahorat buziladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, tahoratni buzadigan holatlar qanday? Quyidagi holatlarda tahorat buziladimi?
Soqol olganda?
Qo‘l va oyoq tirnoqlarini olganda?
O‘z ayolini quchoqlab o‘pganda?
Kichkina bolalar ustiga siyib qo‘ysa yoki qo‘l bilan siygan joyni ushlab olsa? Yoshi kattalarimiz go‘daklarning siydigi najosat emas deydi, shu rostmi?
Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashganda yoki qaraganda. Ayrim paytlarda shunga majbur bo‘lib qolamiz.
Kuy va qo‘shiqlar eshitib qolganda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-2-3). Yo‘q. 4). Siydik tekkan joyni yuvish shart. Yangi tahorat olish shart emas. yosh bolaning siydigi ham najosatdir. 5). Old va orqadan biror narsa ketmasa, tahorat sinmaydi. 6). Tahorat ketmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 217 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar