O‘tganlar nomidan qurbonlik qilgan odam soch-soqoli

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim o‘tgan onalari nomidan qurbonlik qilmoqchilar. Shartlari qanaqa? Soch soqol olmay turishlari kerakmi? O‘tgan inson nomidan qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xo‘jayningiz soch-soqol olmay turishlari shart emas.Avvalo, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va ota-ona, ustoz, qarindosh-urug‘lar tarafidan qurbonlik qilishlik salafi solihlarimizning odatlaridan bo‘lgan.Bunday qilishni o‘zlarini saodati deb bilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisda bayon qilinganidek, ikki qo‘chqorni qurbonlik qilib, birini savobini o‘zining ummatlariga bag‘ishlaganlar. Ulug‘larimizdan Abdurahmon rahmatullohi alayh qurbonlik kuniga alohida tayyorgarlik ko‘rib, u kunda etmishtaga yaqin qurbonlik qilar edilar. Ulardan birini Nabiy sollallohu alayhi vasallamga, boshqalarini ota-ona, ustozlari nomidan qurbonlik qilar edilar. Vaholan-ki, u kishini xonadonida ba’zan yo‘qchilikdan qozonlari qaynamay ham qolar edi.Vafot etuvchilarni har biri tomonidan alohida-alohida qurbonlik qilish kerakmi yoki bir qurbonlik qilib, savobini barcha o‘tib ketganlarga bag‘ishlasa bo‘ladimi?Nafl qurbonlik qilib, o‘zgalar tomonidan qurbonlik qilinayotgan paytda ikki surat bo‘ladi:1. Vafot etgan kishi o‘z molidan qurbonlik qilishni vasiyat qilishi. Bu suratda alohida bir jonliqni so‘yish zarur bo‘ladi. Chunki, u mayyitni molidan qilinayotgan qurbonlikdir. Mayyitni merosxo‘rlari uni go‘shtidan eya olmaydilar. Bu suratda qurbonlik vasiyat qiluvchi tarafidan qilingan bo‘ladi;2. Mayyit ortidan qurbonlik qilishni vasiyat qilmagan bo‘lsa-yu, lekin yaqinlari ortidan qurbonlik qilishlari. Bu suratda vafot topuvchilarning har biriga alohida-alohida qurbonlik qilish shart emas. Balki, qurbi etganicha qurbonlik qilib, savobini barchaga bag‘ishlashi mumkin. Hattoki, bitta qurbonlik qilib savobini bir nechta mayyitlarga bag‘ishlashi mumkin. Bu suratda so‘yishlik so‘yuvchi tomonidan bo‘lib, savobini boshqalarga bag‘ishlagan bo‘ladi. Uning go‘shtidan o‘zlari ham esalar bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 128 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar