Musofir 15 kungachami

Assalomu alaykum! Yaqinda ish yuzasidan safarga chiqamiz. Ishimiz yo‘lda yuk tashish, kuniga 100 km undan ortiq. Yo‘lda yuramiz, muqum bir joyda turmimiz, lekin 15 kundan oshadi. 15 kundan oshsa lekin muqum erda turmasak xam namozlarimizni to‘liq ado etsak bo‘ladimi? Ya’ni qasr qilib o‘qimasak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir joyda 15 kecha kunduzdan ko‘p turmasdan doim yursangiz namozlar qasr o‘qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar