Kombikorm tarkibida suyak
Assalomu alaykum! Parranda va boshqa xayvonlar tez va yaxshi o‘sishi uchun kombikorm (bir qancha maxsulot aralashmasi) sotiladi. Tarkibida myaso-kostnaya muka (xayvonning go‘sht va suyagidan qilinadigan un) bor va u moldan (qanday so‘yilgani malum emas) olinarkan. Shuni sotib olish va u bilan parranda boqish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Shariatimizda mutlaqo najosatni savdosi joiz emas(hayvon go‘ngi kabi sahobalarning davridan beri savdosi joiz bo‘lganlari bundan mustasno). Ammo najosat tekkan narsani savdosi joiz. Masalan bir kiyimga odam siydigi tegib najosat bo‘lib qolgan bo‘lsa, uni savdosi joiz. Siz aytgan don mahsulotlariga aralashgan qon ham dondan ko‘ra oz qismini tashkil qiladi. Ayni shu kunlarda ulamolarimiz najosat aralashib qolgan don-dunlarni savdosi joiz, hayvonlarga edirish ham joizligi haqida fatvolar berishmoqda. Albatta faqat qon yoki najosatlarning savdosi joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom