Tuxum sotishda kafolat (garantiya) berish

Assalomu alaykum! Men zotdor parranda biznesi bilan shug‘ullanaman. Bu biznesdan asosiy daromad tuxumdan tushadi. Tuxum sotsam albatta mijoz mendan tuxumni ichidan jo‘ja ochib chiqishiga kafolat so‘raydi. Kafolat bermasam mijoz sotib olmaydi. Misol uchun 10 ta tuxum olsa 5 ta yoki 6 ta jo‘ja ochib chiqishiga yoki tuxum urug‘langanligiga kafolat berishim kerak bo‘ladi. Agar ochib chiqmasa yoki tuxum urug‘lanmagan bo‘lsa pulini qaytarib beraman yoki o‘rniga boshqa tuxum beraman. Savolim shu usulda kafolat berib tuxum sotish joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Aybli chiqsa aybini to‘lash hisoblanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar