O‘smirlik davri

Assalomu alaykum! Uzr men yangiman qanday yozishniyam bilmayman, o‘smirlik davri men uchun judayam qiyin kelyapti, xayolim yomon narsalarga ketib qolyapti, iymonim mustahkam bo‘lishi uchun nima qilsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha narsani qo‘zg‘aydigan narsalarga qaramang, ko‘rmang. Yaxshi narsalarga mashg‘ul bo‘ling. Iymonni mustahkamlash kerak. Ibodatni va duoni ko‘paytirish kerak. Shumniyat, qo‘rqoq va dangasa bo‘lmaslik kerak. Hammasi Alloh taolodan deya astoydil urinish kerak. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=

01.0

26 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar