Bir qizi bo‘lsa jannat vojib degan hadis bormi
Assalomu alaykum! Bir kuni oyimlarga: "Men bir hadis eshitgandim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kimni uchta qizi bo‘lsa u odam jannatga kiradi deganlarida, bir kishi 2 ta qizi bo‘lsachi deganlarida 2 ta bo‘lsa ham deganlar agar bitta bo‘lsachi desa bitta bo‘lsa ham deganlar" dedim. Men Abdulloh domlani maruzasida shunday eshitgan edim. Lekin ko‘plab malumotlar izlaganimdan so‘ng Abdulloh domlaning boshqa maruzasida uchta qizi va opa-singlisi va ikkita qizi va opa singlisi haqida aytilgan ekan. bitta qiz bo‘lsachi degan gap yo‘qligini bildim. "Bitta qizi bo‘lsachi" degan hadis ham sahihmi. Agar unday bo‘lmasa men aybimni qanday yuvsam bo‘ladi. Axir men bilmasdan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni aytmagan narsalarini aytganlar deb qo‘ygan bo‘lamanku. Va yana oyimlarga qanday aytishni bilmayapman. Meni bittagina singlim bor. Oyi men adashgan ekanman bu hadisda bitta qiz haqida kelmagan ekan deb qanday aytishga hayronman. "Agar bitta qiz bo‘lsachi" degan hadis zaif yoki umuman bunday hadis bo‘lmasa bir dona qiz farzand tarbiya qilgan insonga hush habar beruvchi boshqa bir hadis bo‘lsa shuni biz bilimsizlar bilan baham ko‘rsangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَ لَهُ ثَلَاثُ بَنَاتٍ أَوْ ثَلَاثُ أَخَوَاتٍ أَوِ ابْنَتَانِ أَوْ أُخْتَانِ فَأَحْسَنَ صُحْبَتَهُنَّ وَاتَّقَى اللهَ فِيهِنَّ فَلَهُ الْجَنَّةُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning uchta qizi bo‘lsa yoki uchta singlisi bo‘lsa, yoxud ikki qizi, yoki ikki singlisi bo‘lsa, u ularning suhbatini yaxshi qilgan bo‘lsa va ularning haqqida Allohga taqvo qilgan bo‘lsa, unga jannat berilur», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifdan kishi o‘z qiz farzandlari tarbiyasi uchun qanchalik savob olgan bo‘lsa, singillarining tarbiyasi uchun ham shunchalik savob olishini bilib olamiz. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَتْ لَهُ أُنْثَى فَلَمْ يَئِدْهَا وَلَمْ يُهِنْهَا وَلَمْ يُؤْثِرْ وَلَدَهُ عَلَيْهَا أَدْخَلَهُ اللهُ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning huzurida bir qiz bola bo‘lsa-yu, uni tiriklay ko‘mib yubormagan, tahqirlamagan va o‘g‘lini undan ustun qo‘ymagan bo‘lsa, Alloh uni jannatga kiritadi», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Islomdan oldingi johiliyatning odatiga binoan, qizlar or keltiradi, degan o‘y bilan ularni tiriklay ko‘mib yuboradiganlar ham bo‘lar edi. Islom bu vahshiyona odatni botil qildi va qizlarning tarbiyasiga katta e’tibor berdi.
Shuningdek, avvallari qiz bolani xorlash odat tusiga kirib qolgan edi. Islom bu yomon ishni ham botil qildi va qizlarni alohida e’zozlashni yo‘lga qo‘ydi.
Johiliyat jamiyatida o‘g‘il bola qiz boladan ustun qo‘yilar edi. Islom hamma bolalarga birdek qarashni yo‘lga qo‘ydi.
Islomda qizlarga e’tibor bilan qarash – jannatga eltuvchi amal, deb baholandi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 205 | Dolzarb savollar