Poklik
Assalamu alaykum! Bundan ikki yil oldin Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari va Islom.uz sayti haqida xabardor bo‘lganman. Shundan beri har kun ko‘proq ilm olish umidida muhtaram ustozga va siz azizlarga shogird tushib, bilimlaringizdan bahramand bo‘lib keldim. Alloh shayx Hazratlaridan va sizlardan rozi bo‘lsin. Men ichishni va chekishni tashladim. Ro‘za boshlanishi bilan besh vaqt namozga kirib, ro‘za tutmoqchiman. Kech bo‘lsada Alloh qalbimda iymonni mustahkamlagani uchun baxtiyorman. Intiqlik bilan ro‘zani kutayapman. Sizlardan duo umidvorman. Sayt va ustozimizning kitoblari orqali imkon qadar namoz, tahorat haqida bilimga ega bo‘ldim. Faqat ba’zi bir tushunmagan savollarimga javob bersangiz, iltimos. Siydikdan saqlanmagan kishi do‘zaxiy bo‘lishi haqida eshitganimdan keyin tozalikka harakat qilayapman. Ammo olatning teshigi atrofida siydikdan namlik qoladi. Shuni zarari bormi? Odatda barmoq bilan artib olib, qo‘limni yuvaman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Narsa ko‘rinadigan najasdan suv va har qanday ketkazuvchi suyuqlik bilan najasning o‘zini ketkazish ila pok bo‘ladi. Garchi ketishi qiyin bo‘lgan asari qolsa-da. Asari ko‘rinmaydigan najasdan agar imkoni bo‘lsa, uni uch marta yuvib, siqish bilan pok bo‘ladi. Buning imkoni bo‘lmasa, yuvib, suv tommaydigan bo‘lgunicha tark qilinadi, keyin yana shunday qilinadi, so‘ngra yana shunday qilinadi. Maniydan poklanish uni yuvish yoki qurib qolganini uqalab tashlash bilan bo‘ladi. Maxsi jismi bor najasdan uni erga ishqash bilan pok bo‘ladi. Undan boshqasidan faqat yuvish bilan pok bo‘ladi. Qilich va unga o‘xshash narsalar mash bilan tozalanadi. Gilam ustidan bir kecha suv oqizish bilan pok bo‘ladi. Er va o‘sib turgan qamishdan yasalgan kapa va o‘t-o‘lanlarga o‘xshash erga yopishgan narsalar qurishi va (najosat) asarining ketishi bilan namoz uchun pok bo‘ladi, tayammum uchun pok bo‘lmaydi. Otning va eyiladigan hayvonlarning peshobi va eyilmaydigan qushning axlati kabi engil najosatda kiyimning to‘rtdan biridan ozi afv qilinadi. Ammo eyiladigan qushning axlati pokdir. Illo, tovuqniki xuddi ikki chiqish yo‘lidan chiqadigan narsalar, qon va aroq kabi og‘ir najosatdir. Undan (og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir. Ignaning uchiga o‘xshab sachragan peshob hech narsa emas. Najasning ustiga tushgan suv najasdir. Aksincha bo‘lsa ham shu kabi. Tezakning kuli xuddi tuzga aylanib ketgan eshak kabi pokdir. Avra-astarli kiyimning bir tarafida najas bo‘lsa, boshqa tarafida namoz o‘qisa bo‘ladi. Bir tarafida najas bor gilamning boshqa tarafida, agar siqilsa qatra tommaydigan-u, ammo najosatning bir oz ho‘li zohir bo‘lib turgan va tezak aralashgan loydan qilinib, qurib ketgan narsa ustiga ho‘l bo‘yicha qo‘yilgan kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladi. Agar najosat joyi esdan chiqqan bo‘lsa-yu, bir tarafi yuvilgan bo‘lsa ham joiz. Bu xuddi bug‘doyga uni tepalayotgan eshaklar bavl qilsa, uning bir qismi yuvilsa yoki ketkazib yuborilsa poklanganidek. Najas iflos narsadir. Bu bobda nimalar najasligi va ulardan poklanish qanday bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi. Najas pokning ziddidir. Shar’iy e’tiborda iflos sanalgan narsa najas bo‘ladi. Najas ikki turga bo‘linadi: 1. Haqiqiy najosat. Lug‘atda: qon, peshob kabi ayni iflos narsadir. Shariatda: namozni man qiladigan ifloslik haqiqiy najosatdir. 2. Hukmiy najosat. Bu a’zolarga etgan ma’naviy holat bo‘lib, namozni man qiladi. Uning kichik betahoratligi tahorat qilish bilan, katta betahoratligi g‘usl qilish bilan ketadi. Haqiqiy najosat engil, og‘ir, quruq, ho‘l, ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan turlarga bo‘linadi. Namozxon uchun badan, kiyim va makondan najosatni ketkazish vojibdir. Alloh taolo Muddassir surasida: «Va kiyimingni pokla», degan (4-oyat). Endi mavzuga oid matnlarni sharhlashga o‘taylik. Narsa ko‘rinadigan najasdan suv va har qanday ketkazuvchi suyuqlik bilan najasning o‘zini ketkazish ila pok bo‘ladi. Badangami, kiyimgami, makongami yoki boshqa biror narsagami, ko‘zga ko‘rinadigan najas tegsa, o‘sha narsa uni ketkazish ila poklanadi. Shu bilan mazkur narsa pok bo‘ladi. Ko‘ngilni ravshan qilish uchun ketidan yana bir-ikki marta yuvib tashlashni maslahat bergan faqihlar ham bor. Bu hukmning dalili quyidagi hadisdan olingan: Asmaa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Bizdan birimizning kiyimiga hayzning qonidan tegib qoladi. Uni qanday qilish kerak?» dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Uni ishqalaydi, so‘ngra suv bilan ishqalaydi, keyin esa suv bilan yuvadi, ana shundan keyin unda namoz o‘qiyveradi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Garchi ketishi qiyin bo‘lgan asari qolsa-da. Ya’ni najosatni ketkazib, uni yuvgandan keyin biror izi qolsa ham zarari yo‘q. Ammo sovun yoki unga o‘xshash vositalar yordamida asarini ham ketkazib yuborilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Asari ko‘rinmaydigan najasdan agar imkoni bo‘lsa, uni uch marta yuvib, siqish bilan pok bo‘ladi. Bunga peshob va shunga o‘xshash najosatlar kiradi. Dalili quyidagicha: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini uch marta yuvmasdan turib, uni idishga solmasin. Chunki birortangiz qo‘li qaerda tunaganini bilmaydi yoki qo‘li qaerda aylanganini bilmaydi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Hanafiy mazhabi ulamolari pokligi gumon bo‘lgan narsani uch marta yuvish zarurligini mana shu hadisdan olishgan. Buning imkoni bo‘lmasa, yuvib, suv tommaydigan bo‘lgunicha tark qilinadi, keyin yana shunday qilinadi, so‘ngra yana shunday qilinadi. Najosat tekkan narsa najas bilan oshlangan teri yoki siqib bo‘lmaydigan yog‘ochga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni yuvib, suv tommaydigan bo‘lguncha tek qo‘yiladi. Uch marta shunday qilinganidan keyin pok bo‘ladi. Chinni va plastmassa kabi siqib bo‘lmasa-da, suvni o‘ziga shimib olmaydigan narsalar uch marta yuvish bilan pok bo‘ladi. Don mahsulotlari, yangi sopol va yog‘och idish, bo‘yra, najas narsa ila suvlangan pichoq kabi narsalar uch marta yuvib, quritish ila tozalanadi. Sariyog‘ va hayvon yog‘lari suv quyib, yog‘ni suv ustiga chiqarib olish ishini uch marta qilish ila tozalanadi. Asal va moyning ustidan suv quyib, ular suvning ustiga chiqquncha qaynatiladi. Keyin o‘zini bir narsa bilan ajratib olinadi. Bu amal ham uch marta takrorlanadi. Najas narsa ila pishirilgan go‘sht uch marta qaynatib-sovutish ila tozalanadi. Patini yulish oson bo‘lishi uchun ichidagi narsalarini olmay turib qaynatilgan tovuq ham mazkur uslub ila toza bo‘ladi. Maniydan poklanish uni yuvish yoki qurib qolganini uqalab tashlash bilan bo‘ladi. Bu hukmning dalili Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida kelgan: Oisha roziyallohu anho aytadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan junublik asarini yuvib qo‘yar edim. Ul zot kiyimlaridagi suvning ho‘li bilan namozga chiqar edilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Oisha onamizning «junublik asarini» deyishlari «maniyning asari» deganlaridir. Chunki inson maniy chiqishi bilan junub bo‘ladi. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan maniyni yaxshilab uqalab tashlar edim. Ul zot o‘sha kiyimda namoz o‘qir edilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Maxsi jismi bor najasdan uni erga ishqash bilan pok bo‘ladi. Maxsi va boshqa poyabzallar shu tariqa poklanadi. Abu Dovud, Ibn Hibbon, Ibn Xuzayma va Hokim Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz oyoq kiyimi ila axlatni bossa, ularning pokligi tuproq bilandir», deganlar. Abu Dovud va Tahoviy Abu Sa’iddan qilgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz masjidga kelsa, qarasin. Agar ikki kavushida iflos yoki axlatni ko‘rsa, artsin va ikkisi bilan namoz o‘qiyversin», deganlar. Undan boshqasidan faqat yuvish bilan pok bo‘ladi. Jismi yo‘q suyuq najosat oyoq kiyimiga singadi. Uni artish bilan ketkazib bo‘lmaydi. Balki yuvish kerak. Qilich va unga o‘xshash narsalar mash bilan tozalanadi. O‘sha vaqtdagi sayqallangan qilichlarga suv tegsa, sifati buzilgan. Shuning uchun ularni artib tozalangan. Sahobai kiromlar shunday qilganlari haqida rivoyatlar kelgan. Gilam ustidan bir kecha suv oqizish bilan pok bo‘ladi. Kunduzi bo‘lsa ham hechqisi yo‘q. Muhimi – muddat. Shunday qilinsa, gilamdagi najosat qolmaydi. Er va o‘sib turgan qamishdan yasalgan kapa va o‘t-o‘lanlarga o‘xshash erga yopishgan narsalar qurishi va (najosat) asarining ketishi bilan namoz uchun pok bo‘ladi, tayammum uchun pok bo‘lmaydi. Bu narsalar erdan ajramagani uchun, ularni yuvib, siqishning yoki yoyib quritishning iloji yo‘q. Ular quyoshda, shamolda yoki olovda quritiladi yoki najosat asari ketkaziladi. Bu uslub ila tozalangan narsalarda namoz o‘qisa bo‘ladi. Ammo ularga qo‘lni urib, tayammum qilish joiz emas. Asl tuproqning tozaligi Qur’oni Karimda kelgan. Najosatdan mazkur uslub ila tozalangan tuproq uning darajasiga etmagani uchun tayammum qilishga yaramaydi. Otning va eyiladigan hayvonlarning peshobi va eyilmaydigan qushning axlati kabi engil najosatda kiyimning to‘rtdan biridan ozi afv qilinadi. Engil najosatning «engil» deb atalishiga sabab, ularning najasligi haqida rivoyatlar har xil kelganidir. Ba’zilari «najas» desa, boshqalari «najas emas» degan. Najasligi g‘olib bo‘lgan. Shuning uchun uni «engil najosat» deyilgan. Mazkur najosatdan kiyimning to‘rtdan biriga va undan oziga tegsa, afv bo‘lgani uchun namoz o‘qisa bo‘laveradi. Badandan bir a’zoning to‘rtdan biriga tegsa, afv qilinadi. Ammo eyiladigan qushning axlati pokdir. Ibn Umar roziyallohu anhuning ustiga kabutar tezak tashlaganda, tosh bilan artib tashlab, namoz o‘qigan. Xuddi shunday holat Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ustilariga chumchuq tezak tashlaganda ham bo‘lgan. U kishi barmoqlari bilan artganlar. Masjidul Harom va boshqa masjidlarda qadimdan kabutarlar boqib kelingan. Illo, tovuqniki xuddi ikki chiqish yo‘lidan chiqadigan narsalar, qon va aroq kabi og‘ir najosatdir. Bu jumlada og‘ir najosatlar haqida so‘z bormoqda. Najasligi qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan narsa «og‘ir najosat» hisoblanadi. Bunga oqqan qon, go‘shtini eb bo‘lmaydiganlarning tezagi va peshobi, agar o‘sha hayvon taom emaydigan darajada kichik bo‘lsa ham, aroq, havoda tezak tashlamaydigan uy o‘rdagi va g‘ozi hamda tovuqqa o‘xshash parrandalarning tezagi, o‘limtikning go‘shti va terisi, itning tezagi, yirtqichlarning tezagi va so‘lagi, og‘izni to‘ldirib chiqqan qayt, odamdan chiqib, tahoratni sindiradigan narsalar kiradi. Undan (og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir. Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat tekkan kiyim ila namoz o‘qisa joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan bunga ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2,975 gramm. Ignaning uchiga o‘xshab sachragan peshob hech narsa emas. Bundan saqlanish mushkuldir. Ammo peshob shu shaklda oqmaydigan suvga tushsa, u suv najas hisoblanadi. Qassobga tekkan qon ham afv qilinadi. Shuningdek, najosatga tekkan pashshaning asari ham, eshak va sigirning tezagi ham. Ko‘chada sachraydigan loy ham, agar najosat aniq bo‘lmasa, afv qilinadi. Najasning ustiga tushgan suv najasdir. Aksincha bo‘lsa ham shu kabi. Ya’ni suvning ustiga najas tushsa, suv ham najasga aylanadi. Tezakning kuli xuddi tuzga aylanib ketgan eshak kabi pokdir. Tabiiy o‘zgarish tufayli o‘zining najaslik mohiyatini yo‘qotgan narsalarning misoliga quyidagi holni keltirishimiz mumkin: mevaning siqilgani pok bo‘ladi, achib, aroqqa aylanganda najas bo‘ladi va yana turib, sirkaga aylanganda pok bo‘ladi. Avra-astarli kiyimning bir tarafida najas bo‘lsa, boshqa tarafida namoz o‘qisa bo‘ladi. Chunki bu holatda bir tarafga tekkan najosat ikkinchi tarafga ta’sir qilmaydi. Bir tarafida najas bor gilamning boshqa tarafida, agar siqilsa qatra tommaydigan-u, ammo najosatning bir oz ho‘li zohir bo‘lib turgan va tezak aralashgan loydan qilinib, qurib ketgan narsa ustiga ho‘l bo‘yicha qo‘yilgan kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladi. Bir joyida najas bor gilamning najas tegmagan erida namoz o‘qisa bo‘ladi. Bunda namoz o‘qiydigan er pok bo‘lishi e’tiborga olinadi. Ikkinchi va uchinchi holatlarda ham najosat tarqalmagan bo‘ladi. Agar najosat joyi esdan chiqqan bo‘lsa-yu, bir tarafi yuvilgan bo‘lsa ham joiz. Bu xuddi bug‘doyga uni tepalayotgan eshaklar bavl qilsa, uning bir qismi yuvilsa yoki ketkazib yuborilsa poklanganidek. O‘sha yuvilgan joyda yoki hiba, sadaqa yo‘li bilan berib yuborilgan, yohud o‘g‘irlab ketilgan qismda najosat bo‘lishi ehtimoli bor. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
27 Aprel 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 257 | Tahorat