Nazr qilish haqida

Savolimiz yana muslima singlimiz nomidan va u atalgan nazr haqida:   <span>Qaynonam mening qizim tug‘ilishidan oldin sog‘ligimdan havotir olib "Agar kelinim eson omon farzandini qo‘liga olsa bir qo‘y qurbonlik qilaman" deganlar. Adashmasam, bu nazr hisoblanadi. Qizimning ota-onasi sifatida biz - qizim va men sog‘-salomat qolganligimiz uchun  <span>Alloh yo‘lida qo‘y so‘yib,  aqiqa qilib berishimiz kerak. Qaynonam qo‘y so‘yishiga qaror qilgan niyyat bilan aqiqadagi maqsad va niyyat bir-biriga mos kelganligi uchun faqat 1 ta qo‘y so‘yib aqiqa qilib o‘tkazsak bo‘ldimi? O’sha aqiqada so‘yiladigan bitta qo‘y ham aqiqah ham qaynonam  atagan nazr hisobiga kiradimi? Yoki qaynonam aytgan nazrlariga o‘zlari vafo qilib alohida qo‘y qurbonlik qilish kerakmi?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir qo‘y bilan ham aqiqa, ham nazr bo‘lmaydi. Imkoninglar bo‘lmsa, nazrni qilinglar.

26 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar