Hijobga munosabat
Assalomu alaykum! Alhamdulillah hijobdaman, avratlarimni berkitganman. Farz amallarni vaqtida bajarishga harakat qilaman. Lekin institutimizda bir holat yuz berdi. Ustozimiz darsda hamma o‘quvchilar oldida, meni turg‘izib juda qattiq va insonni hafa qiladigan gaplar gapirdilar, ya’ni hijobni chiroy va moda uchun o‘radinmi yoki erga tegvolish maqsadida o‘radinmi deb qattiq kamsitdilar. Hattoki hijob o‘rash shartmas, bu narsa oldin ayollar havodan changdan saqlanish sifatida yopiq kiyinishgan deb gapirdilar. Shu holatda men jim turdm, va hech qanday javob qaytarmadim. Ammo bu narsa meni ko‘nglimni og‘ritti va hafa qildi. Bu borada din tomonlama, shariatimizda bu narsaga qanday qaraladi, qiyomatda bu uchun javob beriladimi? Ustoz bu gaplar uchun dindan chiqqan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinnig farzlaridan bir farz bo‘lgan satri avratni mahkam tutganingiz uchun Alloh taolo ajringizni ko‘paytirib bersin. Taqvo, iffat, ibodatda bardavom qilsin. Afv-marhamatli, oliyjanob mo‘minlardan qilsin. Sizga hijobingiz tufayli yomon ko‘z bilan qaragan, noto‘g‘ri gumonlar qilgan kishilarga nisbatan kechirimli bo‘ling. O‘z hulqingiz bilan ularning qalbiga yo‘l toping, shirin so‘z ayting, go‘zal tarzda dinga amal qilishga undang. Shoyad siz tufayli atrofingizdagi insonlar ham asta-sekin ibodat yo‘liga tushishsa. Darsdagi bo‘lgan voqeaga kelsak, albatta ko‘nglingizni nohaq og‘ritgani notug‘ri ish. Alloh taolo adolatli zot, zolimning zulmini javobsiz qoldirmaydi. Lekin yuqorida ayganimizdek, kechirimli bo‘lsangiz Allohning huzurida ham, bandalar huzurida ham darajangiz oshadi, ularning qalbida ilig‘lik qozonasiz. Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi: وَسَارِعُواْ إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ 133. Robbingizdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru ercha bo‘lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannatga shoshiling.
Demak, Alloh taoloning mag‘firati va kengligi osmonlaru ercha bo‘lgan jannati taqvodorlar uchun ekan.
Kelasi oyatda mazkur mag‘firat va jannatning haqdorlari bo‘lgan taqvodorlarning sifatlari zikr qilinadi:الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ 134. Ular engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
Allohdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru erchalik bo‘lgan jannatga sazovor bo‘lgan taqvodorlarning sifatlaridan biri:
«...engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar».
Ya’ni, ular yaxshilik qilishda sobitqadam odamlardir. Hayotlari engillashib, hamma narsalari serob bo‘lib ketsa ham, hovliqib, haddilaridan oshib, fisq-fasodga berilib ketmaydilar. Balki o‘zlarini bosib, xayr-ehson, nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Shuningdek, boshlariga og‘irchilik kunlari tushsa ham, siqilib, o‘zlarini noqulay sezib, baxillik yo‘liga o‘tib olmaydilar. Balki nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Ularning taqvolari doimo ehsonga chorlab turadi. Baxillik va qizg‘anchiqlikdan qaytaradi.
Taqvodorlarning sifatlaridan yana biri:
«...g‘azabini yutganlar...»
G‘azabini yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. G‘azab insonda turli munosabatlar ila qo‘zg‘alib turadi, uni jilovlab olish har kishining ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin bu og‘ir ishni taqvodor kishi eplashi mumkin. Ya’ni, qalbida taqvodorlik mavjud bo‘lgan insongina g‘azabdan g‘olib chiqa oladi.
Islomda g‘azabni yutish ulug‘ axloqlardan hisoblanadi. Qur’oni Karim oyatlaridan tashqari bu oliy sifatning maqtovi Payg‘ambarimizning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va so‘zlarida o‘z aksini topgan.
Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda kelishicha, bir kishi Payg‘ambar alayhissolatu vassalomga: «Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling», dedi. U zoti bobarakot: «G‘azab qilma», dedilar. So‘ragan odam keyinchalik e’tirof etib, bunday deydi: «Rasullulloh alayhissalom shu gapni aytganlarida, o‘ylab ko‘rsam, g‘azab hamma yomonlikni o‘zida jamlagan ekan».
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Kim (jazo berishga) qodir bo‘lib turib, g‘azabini yutsa, qiyomat kuni Alloh uni xaloyiq oldida chaqirib turib, hurlardan xohlaganini tanlab olishga imkon beradi», deganlar.
Mazkur taqvodorlarning yana bir sifatlari:
«...va odamlarni afv qiladiganlardir».
Bu sifat g‘azabni yutish sifatini to‘ldirib keladi. Chunki ishning chiroyli hol bo‘lishi uchun g‘azabni yutib qo‘yishning o‘zi kifoya emas. Olijanoblik ko‘rsatib g‘azabini yutgan odam bu olijanobligini tugal qilayin desa, aybdorni afv qila olishi, kechira bilishi ham kerak.
Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda, «Kimki uning uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari ko‘tarilishini xohlasa, zulm qilganni avf etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin», deyiladi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissolatu vassalom: «Qiyomat kuni bir jarchi, odamlarni afv qilganlar qani! Robbingiz huzuriga ajringizni olgani keling, deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir», deganlar.
«Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir».
Yuqorida zikr qilingan sifatning sohiblari yaxshilik qiluvchi sanaladilar. Demak, ularni Alloh yaxshi ko‘rar ekan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 229 | Turli savollar