Salomga salom bilan javob
Assalomu alaykum! Bir kishi, masalan yoshi katta yoki notanish odam, bizga "Assalamu Aleykum" deb salom bersa, u kishiga ham "Assalamu Aleykum" deb javob qaytarishni hech qanday zarari yoki nojoizligi yo‘qmi yoki albatta "Vaaleykum Assalam" deyish kerakmi? Buni so‘rayotgnimni sababi bunaqa vaziyatlar juda ko‘p bo‘ladi shunda o‘zimdan kattalarga va notanishlarga "Vaaleykum Assalam" biroz noqulay bo‘lganligi uchun ko‘pincha "Assalamu Aleykum" deb javob qaytaraman. Shu noto‘gri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom bergan odamga “Va alaykum assalom” deb javob qaytarish lozim. Salomga salom bilan javob berilmaydi. Hijolat bo‘lmaslik uchun siz o‘zingiz birinchi bo‘lib salom berishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar