Telefonda o‘qilgan suralar

Assalomu alaykum! Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Baqara surasi o‘qilgan uyga shayton kirmaydi”, dedilar. Savolim shundan iboratki telefonda Baqara surasini qo‘ysak xam Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganidek uyga shayton kirmaydimi yoki Baqara surasini o‘zimiz o‘qishimiz kerakmi chunki xato qilib o‘qishdan qo‘rqanim uchun Baqara surasini telefonda ko‘p eshtaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zlaringiz o‘qishni o‘rganib olguningizcha qo‘yib turinglar. Tezroq o‘rganinglar hozir bu ish avvalgidek qiyin bo‘lmay qoldi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 179 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar