Maniy behosdan chiqishi

Assalomu alaykum! Bavl qilyotganda o‘zidan o‘zi bir ikki tomchi maniy chiqsa g‘usl vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maniy shahvat bilan otilib chiqsagina g‘usl vojib bo‘ladi. Siz aytayotgan narsa maniy emas, vadiy bo‘lishi mumkin. Vadiy deb bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlikka aytiladi. Vadiy chiqsa tahorat qilinadi, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 237 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar