Namozdagi tartib

Assalamu alaykum! Ma’lumki, agar bir inson 6 maxal namozni qazo qilsa, o‘sha insondan tartib soqit bo‘ladi. Endi, o‘sha 6 maxal namozni qazo qildi deganda ketma-ket keladigon 6 maxal namozni nazarda tutilganmi(misol: bomdod, peshin, asr, shom, xufton va keyingi kunning bomdodi) yoki mutlaq 6ta namoznimi(misol: bir inson dushanba kuni fakat bomdodni, seshanba kuni xuftonni, chorshanba kuni shomni kazo kildi va xokazo...)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umumiy umrida nechta namoz tark qilgan bo‘lsa, hammasini hisoblaydi. Olti mahal chiqsa, u sohibi tartib bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar