Tahorat va namozda vasvasa

Assalomu alaykum! 1) Kishi taxorat olayotganda qaysidir a’zoni yuvdimmi yoki yo‘q deb ikkilanib qolsa(misol uchun: yuzni yuvayotganda burunni chaydimmi; taxoratni oxirlariga borib boshga masx tortdimi deb ikkilanib qolsa) va bu xolat bir taxoratning o‘zida juda ko‘p marotaba takrorlansa nima qilish kerak? 2). Namozda ham shunga o‘xshash xolatlar bo‘lsa (sajdadan so‘ng oyoq barmoqmalari erdan ko‘tarilib ketmadimikan namozim buzilmadimikan deb o‘ylanib qolsa). Bu xolatlar juda ko‘p bo‘lsa va shaytonning vasvasasi deb bilsaku ammo baribir ko‘ngil xotirjam bo‘lmasa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ko‘ngilni taskin topishi uchun o‘sha yuvilmay qolganini o‘zini yuvib olish kerak. 2). Sajdada oyoq ko‘tarilib tushsa namoz buzilmaydi. Namoz buzilishi uchun peshona sajdaga tekkanida ikki oyoq ko‘tarilib peshonani ko‘targanda ikki oyoq erga tegishi kerak. Hech kim bunday qilolmaydi. Xalq ichida sajdaga ketish yoki qaytayotganda oyoq uzilsa namoz buziladi degan gap noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar