Tahoratdan so‘ng og‘izda ushoq qolib ketsa

Assalomu alaykum! Men tushlik qilganimdan so‘ng, peshin namozi uchun tahorat oldim. Tahorat olishdan oldin esa tishimni tish cho‘tkasi va tish pastasi yordamida tozaladim. Keyin tahorat olish paytida ham og‘zimni tishlarim bilan va tomoqlarim bilan yaxshilab uch marta chayqadim. Keyin namoz o‘qiyotganimda tushlarim orasida kichik bir non ushog‘ini payqadim. U ushoq kichik edi. Shuncha og‘zimni yuvsam ham qolib ketgan ekan. Shu holatda mening tahoratim tahorat bo‘lgan bo‘ladimi? O‘qigan namozimchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat ham namoz ham durust. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar