Tayammum va namoz
Assalomu alaykum! 1. Men oldinlari buyragim va tuxumdonimda og‘riq suv ishlatsam ziyoda bo‘lavergani uchun tayammum bilan o‘qirdim Hozirda mening buyragim ancha yaxshi 90 foiz sog‘lom desam ham bo‘ladi Alhamdulillah! Tuxumdonim ham yaxshi! Ammo suvga urinishim bilan shu qismimda og‘riq paydo bo‘lyapti.Men tayammum bilan namozlarimni davom ettiraveraymikin? 2.Tayammumda tuproqning changlik darajasi qanday bo‘lishi kerak Men xom g‘isht bilan tayammum qilaman Vasvasaga ketib qolaman yuzimga qo‘llarimni surtganimdan keyin ko‘nglim to‘lmay yana shu ishni bir necha marta takrorlayman. 3. Hozir ro‘za tutyapman Men tongda va kechda sedana chaynayman Og‘iz yopgandan so‘ng shu sedananing achchiq ta’mimi og‘zimda bor Balki biror bo‘lagi qolib ketgan Shunda ro‘zamga zarari yo‘qmi? 4.Tayammumda xom g‘ishtni biron narsa bilan qirib olib qilinadimi yoki shu xom g‘ishtning ustidan chiqadigan chang etarlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sog‘lig‘ingiz tiklangan bo‘lsa to‘liq g‘usl va tahorat bilan namoz o‘qishingiz shart. Og‘riq emas kasallik bor yo‘qligiga e’tibor qilish kerak.2). Chang bor bo‘lishi shart qilinmagan.3). Saharlikdan so‘ng tishning oralarida qolgan narsa no‘xat miqdoridan kichikroq bo‘lib, uni yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin og‘izdan tashqariga chiqarib, so‘ng og‘izga qayta solib yutsa, ro‘za ochiladi. No‘xat miqdoricha yo kattaroq bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar