Musofirchilikda kazinoda ishlash
Assalomu alaykum! Ustoz javobingiz menga muhim. Men o‘qish maqsadida xozir musofirchilikdaman va tabiiyki bu erda yashash uchun ishlamog‘im zarur. Menga xozirgacha pul jo‘natayotgan onam. Buyog‘iga onam ishlamasam qiynalib qoladilar. Bu erlarda student uchun ishlar kafe va mexmonxona-kazinolar ekan. Men shu kungacha ichkiliksiz kafe ko‘rmadim. Kafelarda ofitsiantlik qilish kerak, aroq tashish xam gunoxligini bilaman. Kazinoda esa farroshlik yoki shunchaki stol ustini tozaluvchi bo‘lib ishlasa ham bo‘larkan. Kazino esa qimorxona, farosh yoki tozaluvchi bo‘lib ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kazinoda joiz emas. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kazinoda joiz emas. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom