Imomlik qilishim

Assalomu alaykum! Hozir russiyadaman, musulmon davlatda masjidga kirgandim. U erdagilar imomlik qil dedi, qildim va ado etdim. Bir savol oldin o‘qigan edim tili duduq odam imomlik qila olmaydi deb. Endi maslahat beringlar men o‘qisam qiylanmayan lekin s harfini huddi arabchadagi soqov s ga o‘hshatib o‘qiyman va z harfini ham boshqacha tallafuz qilaman. Shunga maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizdan ko‘ra to‘g‘ri o‘qiydigan tilida nuqsoni bo‘lmagan inson bo‘lsa o‘sha odam imomlik qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar