O‘zga dindagilar qabriga ziyorat

Assalomu aleykum! Noodatiy savolim uchun uzr, Qur’onda va muqaddas dinimizda o‘zga din vakillari bilan tinchlik hamjihatlik ruhida umrguzaronlik qilish haqida bir qancha ijobiy hukmlar bor. Ba’zida o‘zga din vakili bilan qadrdon bo‘lib qolamiz, o‘zga din vakillarida ham omonatdorlik, haqgo‘ylik, insoflilik kabi sifatlarni o‘zida jamlay olgan yaxshi insonlar bor, e’tiqodi boshqacha xalos. Bir nasroniy tanishim bo‘lardi, 2 yil avval qazo qilib ketdi, men uni qabrini ziyorat qila olamanmi? Nasroniylar qabristoni oldidan o‘tayotganda musulmon odam omiyn qilishi joiz bo‘lmas ekan, hech qanday duosiz ziyorat qilish, umuman olganda nasroniylar qabristoniga kirishga dinim ruxsat beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savolingiz uchun rahmat. Siz aytgan sifatdagi musulmon bo‘lmagan o‘zga din vakillari bilan aloqada bo‘lish, ularga yaxshilik qilish, yaxshi ishlarida hamkorlik qilishga dinimizda ruxsat berilgan. Faqat ularning diniy urf-odat va marosimlarida ishtirok etish va o‘sha munosabatlar bilan ularni tabriklashdan man qilingan. Shuningdek shariatimiz ularning qabrlariga ziyoratga bormasligingizni va ularning haqqiga istig‘for bilan duo qilmasligingizni buyuradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar