Mashinada telefon tushib qoldi
Assalomu alaykum! Men yo‘nalishli taksistman, mashinamda bir inson telefonini tushurib qo‘yibti, egasi telefoniga qo‘ng‘iroq qilmayabti, ekran kodi qo‘yilganligi uchun ochishni imkoni yo‘q, telegram guruxlarida el’on berdim javob yo‘q, simkartasini olib o‘zimni telefonimga qo‘yib birorta tanishini rakamini qidirdim lekin simkartasida nomer chiqmadi. Telefon menda, nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar