Nega aynan kitning jigari?
Assalomu alaykum! Jannat ahli jannatga kirganlarida birinchi bo‘lib tanovvul qiladigan taomlar bu kitning jigari bo‘ladi. Savol nega aynan kitning jigari?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Anas roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi: “Abdulloh ibn Salomga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Madinaga kelganlari xabari etib keldi. U zotdan bir narsalarni so‘rash uchun huzurlariga keldi. “Men sizdan faqat nabiy biladigan uch narsa haqida so‘rayman: ...Jannat ahli eydigan birinchi egulik nima?” ... U zot: “... Jannat ahli eydigan birinchi egulik esa nahang jigarining ortig‘idir...” dedilar. Buxoriy rivoyati.
Jannat ahlining birinchi eguligi nahang jigarining ortig‘i ekanining hikmatiga dalolat qiluvchi biror xabar vorid bo‘lmagan. Ba’zilar bunga javob berishga harakat qilib, “bu, dunyo hayoti tugab, oxirat hayotiga o‘tilganiga ishoradir” deyishgan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 224 | Turli savollar