Namozni mashinada o‘qish

Assalamu alaykum! Avvalambor Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin va martabalaringizni ulug‘ qilsin. Savolim shundan iborat edi man chet elda ishlayman. Ishim sababli faqat ulovda yani avtomashinada yuraman. Peshin, asr va shom namozlarini mashinada o‘qishimga to‘g‘ri keladi. To‘xtashni iloji yo‘q, men shu holda namoz o‘qir ekanman ko‘nglim g‘ash bo‘ladi. Chunki hadislarda aytilishicha Rosululloh sollollohu alayhi vasallam ulovda otirib faqat nafl namozlarni o‘qiganlar. Farz namozlarini esa ulovdan tushib, qiblaga yuzlanib o‘qiganlar. Men nima qilay? Ustozlar javobingiz uchun katta rahmat qilayotgan ishlaringizni ajrini qiyomatda Alloh taolo go‘zal tarzda ato etsin. Amin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisga amal qiling, eng kamida farzni o‘zini tushib o‘qing, aks holda qiyomatda o‘sha namozlarni o‘qimaganlar safida bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar