“shu uydan ruxsatimsiz chiqsang taloqsan” dedim

Assalomu alaykum! Ayolimga jaxl ustida “shu uydan ruxsatimsiz chiqsang taloqsan” dedim. Ammo jaxlimdan tushib undan uzr so‘rab uydan chiqishga ruxsat berdim. Taloq bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruxsatimsiz so‘zini qo‘shgan bo‘lsangiz ruxsatingizsiz chiqqanida taloq tushar edi. Ruxsat berganingizdan keyin chiqqan bo‘lsa tushmaydi. Usiz “chiqsang taloqsan”ni o‘zini desangiz keyin ruxsat bersangiz ham taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar